LaLiganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshilari taqdirlandi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 12:19
Marca nashri LaLiganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga to'purar sovrini topshirildi. Messi o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 34ta gol urib, LaLiganing eng yaxshi to'purariga aylangan edi.


Leo Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni ham qabul qilib oldi.


"Atletiko" posboni Yan Oblakka Zamora sovrini (eng yaxshi darvozabon) topshirildi.



"Valensiya" ustozi Marselino Garsiya Toral eng yaxshi murabbiy sovrinini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca