LaLiga prezidenti: "10 ming dollar tikaman, "Jirona" - "Barselona" bahsi AQSHda o'tkaziladi"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2018, 17:20
LaLiga prezidenti Xaver Tebas "Jirona" - "Barselona" bahsi AQSHda o'tkazilishi borasida fikr bilidirdi.

"10 ming dollar tikaman, o'yin AQSHda bo'ladi.

Ispaniya va sport olamini yaxshi bilaman. Ruxsat olish qiyin bo'ladi. Menimcha, ikki jamoaning futbolchilari Amerikada o'ynamoqchi.

Mayamida o'ynashimizning ehtimoli katta. Tashkiliy masalalarni hal qilish uchun ko'p ter to'kdik va vaqt sarfladik. Nima bo'lishini bilardik, shu sababli hayron qolganimiz yo'q.

Reja bo'yicha ishlayapmiz. Maqsadimiz - 26 yanvar kuni Mayamidagi "Xard rok Stedium"da o'yin o'tkazish" - deydi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport