"Lacio" va "Manchester Yunayted" van Persining transferi borasida kelishib olishdi
Aslanov Jasurbek
5 iyun 2015, 16:10
"Manchester Yunayted" hujumchisi faoliyatini Rimning "Lacio" klubida davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, klublar Gollandiya terma jamoasi futbolchisining transferi borasida kelishuvga erishgan. Transfer 12 mln.dan 15 mln. evrogacha baholanyapti. "Lacio" van Persiga 1 yillik shartnoma taklif qilyapti.