"Lacio" o'yinchisi Fransiya klubiga o'tdi

Alisher
10 iyul 2020, 13:44
Fransiyaning "Reyms" klubi "Lacio" yarim himoyachisi Valon Berishaning transferini e'lon qildi.

27 yoshli kosovalik futbolchi yangi klubi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi, Berisha "Reyms"da 14-raqam ostida to'p tepadi. Bitimning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Valon Bershia "Lacio"ga 2018 yilda o'tgandi, ammo u "burgutlar" tarkibida o'z o'rnini topa olmadi.

O'yinchi mavsumning ikkinchi qismini Bundesligadan chiqib ketgan "Fortuna" jamoasida o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: stade-de-reims.com