La Liganing ikki klubi Saulga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2023
Ispaniyalik futbolchi "matraschilar"ni tark etishi mumkin.

"Valensiya" va "Sevilya" "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Nigesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Football Espana" xabar bermoqda. "Ko'rshapalaklar" futbolchi borasida "matraschilar" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ispaniyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. 28 yoshli xavbek joriy mavsum har bir o'yinda o'rtacha 34 daqiqani maydonda o'tkazmoqda.

Avvalroq "Atletiko" Lukakuga davogar ekanligi aytilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana