

"Aristokratlar" golkiper klubning yangi mavsum uchun rejalarga kirmasligi va o'ziga jamoa qidiraverishi mumkinligini ma'lum qilishgan.
Arrisabalagaga yaqin insonlarning ma'lum qilishicha, u Ispaniyada qolishni istaydi. Bir nechta klub 29 yoshli kiper bilan aloqaga chiqib ulgurgan. Ular orasida "Sevilya" favorit sifatida tilga olinmoqda. Andalusiyaliklar Kepaning agenti bilan bir necha haftadan buyon aloqada bo'lib turishibdi.



