La Liganing 3 ta klubi Firpoga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023, 11:49
Futbolchi Ispaniyaga qaytishi mumkin.

"Lids" himoyachisi Xunior Firpo La Liganing 3 ta klubi nishoniga aylandi.

"Fichajes" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga "Betis", "Malorka" va "Vilyarreal" da'vogarlik qilmoqda.

Avvalroq Firpo "Betis" va "Barselona"da o'ynagan.

Himoyachining "Lids" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Firpo joriy mavsum ingliz jamoasi safida 3 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes