La Ligadagi ilk golini “Real”ga urgan Smolov, navbatdagi to'pini “Barselona” darvozasiga kiritdi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2020, 21:27
Ayni daqiqalarda, Ispaniya chempionati 32-turidan o'rin olgan “Selta” – “Barselona” bahsi o'tkazilmoqda.

Uchrashuvning 50-daqiqasida mezbonlar forvardi Fyodor Smolov kataloniyaliklar darvozasini ishg'ol etdi. Qizig'i, 30 yoshli rossiyalik chempionatdagi ilk va yagona bo'lib turgan golini 2 fevral kuni “Real”ga (2:2) qarshi safardagi o'yinda urgandi.

Mavsum yarmida vigoliklar a'zosiga aylangan Smolov La Ligada 11ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia