La Ligada navbatdagi iste'fo

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
"Real Ovedo" jamoaning bosh murabbiyi Luis Karrion bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.

Uning murabbiylar shtabi ham La Liga klubidagi faoliyatini to'xtatdi.

Luis Karrion jamoa boshqaruviga atigi 2 oy oldin kelgandi. U jamoani 8 o'yinda maydonga boshlab tushdi va birorta ham g'alabaga erishmadi: 4 ta durang va 4 ta mag'lubiyat.

"Real Ovedo" 16-turdan keyin La Ligada qolish uchun kurash zonasida joylashgan - 19-o'rin va 10 ochko.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realoviedo.es