La Liga. Zidan va Koke aprel oyining eng yaxshilari

Narzulla Saydullayev
20 may 2016, 08:07
Real ustozi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatida aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Eng yaxshi futbolchi deb Atletiko vakili Koke tan olindi.

43 yoshli francuz qo'l ostida Real aprel oyida 6ta o'yinda 6 bor g'olib bo'ldi. Jamoa primeroda ikkinchi o'rinni band etdi.

Koke aprelda 2ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Atletiko ham o'tgan oy barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi.

Aynan shu ikki klub YCHL finalida to'qnash kelishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LaLiga