Kutganmidingiz? Tinib-tinchimas Ronaldudan navbatdagi rekord!

Sherzod Nurmatov
9 sen 2024, 16:41
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasining 2-turida Shotlandiyaga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba golini urdi.

Bu uchrashuvda portugaliyalik forvard rekord qayd etdi, deya xabar berdi "Stats Foot".

Ronaldu ilk bor Shotlandiya darvozasini ishg'ol qildi. Shunday qilib, Krishtianu 48 ta terma jamoa darvozasiga yo'l topdi, bu esa rekord ko'rsatkichdir.

39 yoshli hujumchi terma jamoa miqyosida Lyuksemburgga qarshi o'yinda eng ko'p gol urgan (11 gol). Ronaldu Litva va Shvetsiyaga qarshi o'yinlarda 7 tadan gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi sentyabr oyidagi o'yinlarini tugatdi. Roberto Martines shogirdlari Millatlar Ligasida Xorvatiya va Shotlandiyani bir xil – 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ronaldu ikkala uchrashuvda ham to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Stats Foot