Kutganmidingiz? Ten Xag yozda Manchester Yunaytedni tark etadi

Khoja
27 apr 2024, 08:39
Manchester Yunayted ustozi Erik ten Xag mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etadi.

Bu haqida insayder Nizar Kinsella ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, yangi rahbariyat niderlandiyalik mutaxassisga etarli darada imkoniyat berildi deb hisoblashgan. Ular 53 yoshli murabbiyning natijalaridan qoniqish hosil qilmagan va yozda yangi bosh murabbiy olib kelishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, ten Xag 2022 yilda Manchester Yunayted murabbiyiga aylangandi. Jamoa joriy mavsum uning qo'l ostida APLda oltinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com