Kurtua penaltidan yo'llangan so'nggi 18 zarbaning 16tasini qaytara olmadi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 13:55
"Real" Ispaniya Superkubogining yarim finalida "Atletik"ka mag'lub bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda Raul Garsiya penaltidan gol urib, hisobni 0:2 ko'rinishiga olib kelgandi. Qayd etish kerak, "Real" posboni Tibo Kurtua ketma-ket 9-bora penaltidan gol o'tkazib yubordi.

Umumiy olganda, belgiyalik posbonga "Real" tarkibida barcha turnirlarda 18 marta penalti tepilgan bo'lsa, shularning 16tasi golga aylandi.

U 2018 yil yozida "Real"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal