Kurtua Navasning rekordini yangiladi

10 noya 2019, 08:01
“Real” posboni Tibo Kurtua La Liga 13-turi doirasida jamoasining “Eybar”ga (4:0) qarshi kechgan bahsida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Bungacha belgiyalik posbonning “quruq seriyasi” 443 daqiqani tashkil etayotgan edi. “Eybar”ga qarshi bahsdan keyin Tibo bu seriyani 553 daqiqaga etkazdi.

Bu natija bilan Kurtua “Real”ning sobiq posboni Keylor Navasning rekordini yangiladi. Kosta rikalik posbonning “Real” safidagi “quruq” o'yinlar seriyasi 517 daqiqani tashkil etgandi.

“Real” keyingi uchrashuvni La Liga doirasida “Real Sosedad”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca