Kurtua maydonga qaytmasdan yana jarohat orttirib oldi

Оқил Абдубарноев
19 mar 2024, 22:45
Madridning “Real” klubi rasmiy sayti orqali darvozabon Tibo Kurtuaning yangi jarohati haqida bayonot e'lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, tekshiruv natijasida Kurtuaning o'ng tizzasida jarohat aniqlangan. Belgiyalik futbolchi seshanba kungi mashg'ulot vaqtida shikastlandi. 

Takidlash joiz, Tibo Kurtua 2023/2024 yilgi mavsumda hali maydonga tushmagandi. Darvozabon mavsum boshlanishidan avval chap tizzasini shikastlab olgandi. Kurtua uzoq vaqt davolandi va mashg'ulotlarga qaytdi. Madrid klubi Tibo Kurtua yangi jarohat tufayli qancha vaqt maydonga tushmasligini hali ma'lum qilgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realmadrid.com