Kurtua La Liga tarixiga kirdi

17 iyul 2020, 08:50
“Real” posboni Tibo Kurtua o'z faoliyati davomida ikkinchi bor Ispaniya chempioniga aylandi.

Tibo 2013/14 yilgi mavsumda “Atletiko Madrid” safida chempionga aylandi. Bungacha Ispaniya chempionati tarixida ham “Real”, ham “Atletiko” safida chempion bo'lish faqat Xose Luis Peres-Payyaga nasib etgandi. U 1951 yilda “Atletiko” bilan, 1954 va 1955 yillarda “Real” bilan Ispaniya chempionatida g'olib bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Pedro Martin