Kurtua: "Fransiya antifutbol namoyish qildi"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 10:23
Belgiya termasi posboni Tibo Kurtua JCH-2018ning yarim finalida Fransiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Fransiya antifutbol namoyish qildi. Bu ularning huquqi, ular shunday o'yin ko'rsatishlari mumkin, biroq bunday o'yinni ko'rish juda yoqimsiz. Faqatgina francuzlarning taktikasi emas, hakamlik ham yaxshi bo'lmadi. U bizning foydamizga umuman hushtak chalmadi", - dedi Kurtua.

Fransiya JCH finalida Angliya yoki Xorvatiya termalaridan biri bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Witness