Kurtua: "Bu yolg'on ma'lumot"

Mirjalol Normatov
18 noya 2020, 00:58
"Real" posboni Tibo Kurtua 2014 yili "Barselona"ga o'tishi mumkinligi borasidagi xabarni rad etdi.

"Barselona" bilan kelishuv bo'lganligi borasidagi ma'lumot yolg'on. Balki klubdagilar "Chelsi" bilan muzokara olib borgandir. O'shanda men "Atletiko"da ijarada o'ynardim. Ammo "Barselona"ga o'tish borasida hech kim hech nima demagan.

Odamlar mening orzuim "Real"da o'ynashligini yaxshi bilardi. Bu yerdaligimdan xursandman", - dedi Kurtua.

28 yoshli Kurtua 2018 yili "Chelsi"dan "Real"ga 35 mln evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo