Kuman: "PSJ bilan imkoniyatlarimiz teng"

14 dek 2020, 19:31
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga tashlangan qura natijalari haqida gapirdi. Xabar berganimizdek, uning jamoasi nimchorak finalda PSJ bilan kuch sinashadi.

"Oson raqib bo'lmasligini tushunardik. Ammo men har 2 jamoaning imkoniyatlarini teng baholayman. Bilaman, "Pari Sen-Jermen" - bu keyingi bosqichga chiqishni, turnirda g'alaba qozonishni istaydigan jamoa, lekin biz ham shuni xohlaymiz", - dedi Kuman "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatiga.

"Barselona" va PSJ klublari o'rtasidagi 1-o'yin 16 fevral kuni Ispaniyada, javob uchrashuvi 9 mart kuni Fransiyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com