

"Goal" xabariga ko'ra, neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis "shaharliklar"ning mo'maygina taklifiga rozilik bermoqchi. "Siti" Natan Akeni "Bornmut"dan sotib olgan taqdirda ham Kulibalining transferiga e'tibor qaratadi.
Oldinroq "Napoli" himoyachisi ortidan Aleksandr Zinchenko hamda Nikolas Otamendini tarkibga qo'shib olishni istayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Kulibali ushbu mavsumda barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashdi.



