Kulibali "Chelsi"dan ketish sababini aytdi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2023, 20:33
"Al Hilol" himoyachisi Kalidu Kulibali "Chelsi"dan ketish sababini aytdi.

"Chelsi" men uchun katta tajriba vazifasini o'tadi. Biroq men zaxirada qolib ketishni istamayman. Meni qayerda qadrlashsa, o'sha yerda bo'lishni xohlayman", - dedi futbolchi.

Kulibali 2022 yil yozida "Napoli"dan "Chelsi"ga 38 mln evro evaziga o'tgandi. Senegallik futbolchi Londonda 1 mavsum o'ynadi va 23 mln evro evaziga "Al Hilol"ga transfer bo'ldi.

O'tgan mavsumda 32 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guillaume MP