Kulibali "Chelsi" mashg'ulotlariga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2022, 21:34
Senegallik himoyachi yangi klubida mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi. Buni "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma'lum qildi.

"Kulibali allaqachon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. U bazi o'yinchilar bilan tanish – terma jamoada Mendi bilan birga o'ynaydi va "Napoli"da Jorjino bilan birgalikda to'p tepgan. Shuning uchun menimcha, u tezda moslashadi va o'zining kuchli taraflarini namoyon qiladi. Bizda yaxshi jamoa bor. U hozir biz bilan ekanligidan hamma xursand", – dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Kulibali "Chelsi"ga "Napoli"dan o'tgan edi. Transfer summasi 38 million evroni tashkil qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London