Kuarejma APLga ko'chib o'tishdan bosh tortdi

15 iyul 2019, 08:28
Portugaliyalik futbolchi “bo'rilar” bilan kelisha olmadi.

“Vulverxempton” 35 yoshli Rikardu Kuarejmaga taklif bilan chiqdi. Biroq futbolchi bu taklifni rad etdi.

Kuarejma “Beshiktosh”dan ketishni o'ylayotgan edi. Biroq u shartnomasi yakuniga etadigan 2020 yil yoziga qadar turk klubida qolishga qaror qilgan. Keyin esa klubi erkin agent sifatida tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola