
"Men "Oltin to'p"ni Germaniya terma jamoasi futbolchilaridan biriga bergan bo'lardim. Menga Filipp Lamning o'yini yoqadi. Uning harakatlari ko'p ham ko'zga tashlanavermaydi, ammo u barcha rolda o'ynashga qodir va uzoq yillar davomida "Bavariya"da o'z ishini juda yaxshi bajarib kelmoqda. Manuel Noyer - kuchli darvozabon va u ham yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq" - deydi Kruiff.