Kroos: "Volfsburg"ga qarshi bahsda tezkor gol urish muhim"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2016, 10:59
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Volfsburg"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Volfsburg" tarkibida xavfli futbolchilar etarlicha. Yulian Draksler ajoyib futbolchi, u haqida oldin ham bilardik, ammo bu bir kishidan iborat jamoa emas. Himoyada ishonchli o'ynashimiz kerak, darvozamiz ishg'ol etilsa to'rtta gol urishimizga to'g'ri keladi. Muxlislar qo'llab-quvvatlashiga umid qilyapmiz. Ular hammadan balandroq bo'lib, kerakli atmosferani yaratib berishadi deb o'ylayman.

Tezkor gol urish juda muhim. Hujumkor o'yin ko'rsatib, himoyani ham esdan chiqarmaslik zarur" - deydi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca