Kroos faoliyatini "Real"da yakunlashini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 17:04
Germaniyalik futbolchi aniq sanalarni aytmadi.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini "qirollik klubi"da tugatishni rejalashtirayotganini ta'kidladi.

"Men juda xotirjamman, ligadagi pauza vaqtida keyingi yil nima bo'lishi mumkinligi haqida o'ylayman va o'ylab ko'rib, bir qarorga kelaman. Har doim aytganimdek, fikrim o'zgarmadi, hech qaerga ketmayman, faoliyatimni "Real"da tugatishni rejalashtiryapman, lekin qachonligini bilmayman. Klub ham, men ham juda xotirjammiz, gaplashyapmiz, ammo yangilik yo'q", – dedi futbolchi.

Oldinroq "Real" bosh murabbiyi Kroosning kelajagi haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE