

"Gvardiola "Bavariya"da qolishimni xohlagan. Agar mening futbol uslubim uchun mukammal murabbiyni tanlash kerak bo'lsa, bu Gvardiola. Bir yil davomida uning qo'l ostida ishlashdan zavq olganman. Pep meni kuchliroq qilgan", – dedi Kroos "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola va Toni Kroos faqat 2013/2014 yilgi mavsumda "Bavariya"da birga ishlagan. Shundan so'ng germaniyalik futbolchi "Real"ga yo'l oldi va u bilan birga 4 marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi (Myunxen klubi bilan yana bir unvonni qo'lga kiritdi).



