Kristian Romero "Tottenxem" rahbariyatini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2024
"Tottenxem"ning 26 yoshli futbolchisi Kristian Romero rahbariyatni raqiblaridan farqli o'laroq, yangi o'yinchilar xarid qilmayotgani uchun tanqid ostiga oldi.

"Manchester Siti" har yili chempionlik uchun kurash olib boradi. "Liverpul" tarkibni qanday kuchaytirayotganiga bir qarang. "Chelsi" tarkibni kuchaytirib,  muvaffaqiyatsizlikka uchradi, keyin yana kuchaydi va endi natijaga erishmoqda. Ana qanday raqobat qilish kerak.

Nimadir noto'g'ri ketayotganini tushunish lozim. Umid qilamanki, ular [rahbariyat] buni tushunadi. Oxirgi yillarda hammasi takrorlanyapti: avvaliga futbolchilar ayblanadi, keyin murabbiylar shtabi almashtiriladi, ayb esa doim bir xil odamlarda.

Umid qilamanki, ular kim haqiqatan ham mas'uliyatli ekanini tushunishadi va biz oldinga siljishimiz mumkin, chunki bu ajoyib klub, bunday infratuzilma bilan har yili chempionlik uchun kurasha oladi".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC