Kristian Benteke "Real" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi

Tolibjon Qosimov
9 okt 2013, 16:22
"Real" "Aston Villa" hujumchisi Kristian Bentekega qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda "Voetbal Nieuws".
Klub murabbiylar shtabi Karim Benzemaning o'yinlaridan qoniqmayapti.

Futbolchi mavsumda atiga ikkita gol urdi. Shu bois Madrid klubi yangi hujumchi qidirmoqda. Radamel Falkao ("Monako") va Luis Suares ("Liverpul") kabi hujumchilardan so'ng endi Bentekega qiziqish paydo bo'ldi.

Yanvar oyida "Real" bu futbolchilardan birini sotib olishga urinib ko'radi. 2013/14 yilgi mavsumda 22 yoshli belgiyalik futbolchi Angliya chempionatida to'rtta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net