"Kristal Pelas" "Chelsi" o'yinchisini ijaraga oldi

Alisher
31 iyul 2021, 13:30
"Kristal Pelas" rasmiy sayti "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer ijaraga olinganini e'lon qildi.

21 yoshli angliyalik futbolchi kelasi mavsumni London klubida ijara asosida o'tkazadi.

Gallaxer o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida "Vest Bromvich Albion" jamoasida o'ynagandi.

Futbolchi jamoa tarkibida chempionatda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/cpfc