

Marosim seshanba kuni Madridda bo'lib o'tadi. Krishtianu Ronaldu to'rtinchi marta Oltin butsani qabul qilib oladi. U 2008, 2011, 2014 va 2015 yillarda ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.
Shunday qilib, 30 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori 1968 yildan buyon UEFA tasarrufidagi ligalarda ko'p gol urgan futbolchilarga topshirib kelinayotgan sovrinni qo'lga kiritish bo'yicha rekordchiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 48ta gol urdi.


