Krishtianu Ronaldu: "Sakkizta gol ajoyib natija, ammo yanada ko'proq gol urmoqchiman"

Tolibjon Qosimov
6 noya 2013, 13:06
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL 4-turidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda biz ko'proq himoyada o'ynadik. Tanaffusda murabbiy bizga qanotlarni ishlatib hujumga o'tishimiz kerakligini aytdi. Biz aynan shunday qildik va ikkita gol urib g'alaba qozondik.

Biz deyarli 1/8 finalga chiqib bo'ldik, bundan albatta mamnunmiz. Guruh bosqichida 8ta gol urganimdan xursandman. Ajoyib natija, ammo men yanada ko'proq gol urmoqchiman.

Beyl – jamoa uchun foydali o'yinchi, u kelajakda jamoaga bundan ham ko'proq foyda keltira oladi", – deydi Krishtianu Ronaldu.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru