

"Biz e'tiborni hozirgi kunga qaratishimiz kerak. Albatta, maqsad jahon chempionatiga chiqish va unda g'alaba qozonish, ammo har bir bosqichga bosqichma-bosqich yaqinlashishimiz kerak. Hozir bizda ikkita uy uchrashuvi bor va Roberto Martines aytganidek, lahzadan zavq olish muhim. Biz uyda, muxlislarimiz bilan o'ynasak, ayniqsa kuchli bo'lamiz. Portugaliya termasida o'ynash sharafdir. Men har doim muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashini his etaman, hatto biz omadsizlikka uchrasak ham. Ishonchim komilki, keyingi bir necha o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazib, jahon chempionatiga yo'llanma olamiz", - dedi Krishtianu Ronaldu.


