

Bugun yaxshi o'ynadik. Bundan ham ko'p urishimiz mumkin edi. 6 ochko bilan guruhda birinchida o'rindamiz, bu yaxshi. Faoliyatimdagi 501-golni urganimdan xursandman. Buning uchun sheriklarimga rahmat deyman.
PSJ YCHL favoritlaridan biri. Ularga qarshi o'yinlar xuddi Atletikoga qarshi bahslar kabi og'ir o'tadi. Parijliklar juda yaxshi o'ynashadi. Jarohat olgan futbolchilarning qaytishini kutamiz, – deydi Ronaldu.
30 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 753-o'yinda 501-golini urdi.



