Krishtianu Ronaldu Evro yakunlanganidan so'ng kelajagi borasida qaror chiqaradi

Alisher
7 iyun 2021, 18:01
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubidan ketmoqchi.

U faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. Ammo, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi Yevropa chempionati yakunlangandan so'ng qaror qabul qiladi.

Ronaldu "Real", "Manchester Yunayted" yoki PSJga o'tishni xohlaydi. Futbolchining "Yuve" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U A Seriyaga 2018 yilda "Real"dan kelgan edi.

Krishtianu o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN