Krauch APLning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2021, 22:33
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Piter Krauch Angliya chempionatida o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi borasidagi savolga javob berdi.

"Shubxasiz Saloh. "Liverpul" tezlikni pasaytirishi mumkin, biroq bu yigitcha unday qilmaydi. U doimo ko'proq gollar urishni istaydi", - dedi Krauch "Daily Mail" nashriga.

Ushbu mavsumda 29 yoshli hujumchi 15 o'yinda 13 gol va 9 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail