"Krasnodar" o'rtoqlik uchrashuvida yirik g'alabaga erishdi, Ahmedov 65 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 09:18
Kecha yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Rossiyaning "Krasnodar" klubi birinchi yig'in doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Quyi liga vakili bo'lgan Maykopning "Drujba" klubiga qarshi o'tgan o'yinda Oleg Kononov shogirdlari 6:1 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 65 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.

Endi "Krasnodar" futbolchilari ikki kun xordiq chiqarishadi va 5 iyul kuni tongda xorijiy yig'inni o'tazish uchun Avstriyaga uchib ketishadi.  


Drujba (Maykop) – Krasnodar – 1:6 (1:2)

Gollar:
Konov, 7, penalti (1:0), Vanderson, 11 (Podberezkin, 1:1), Kabore, 37 (Joaozino, 1:2), Petrov, 60 (1:3), Morgunov, 73 (1:4), Vorbev, 75 (Vanderson, 1:5), Vanderson, 90+1 (Morgunov, 1:6).

Krasnodar: Kricyuk (Sinicin, 46), Petrov (Paradin, 65), Martinovich, Strandberg (Tataev, 70), Joaozino, Kabore (Grigoryan, 75), Odil Ahmedov (Fomin, 65), Gazinskiy (Vorobev, 65), Pereyra (Ebue, 46), Podberezkin (Morgunov, 61), Vanderson.

2 iyul 2016 yil. Maykop. Respublika stadioni. 3000 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia