"Krasnodar" "Gremio" forvardini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 avg 2021, 14:58
"Gremio" hujumchisi Rikardino faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.

20 yoshli o'yinchi xizmatlariga "Krasnodar" qiziqish bildirmoqda, lekin Rikardinoni "Ludogorec" va "Maritimu" ham kuzatmoqda. Braziliyaliklar Rikardinoni 200 ming evro evaziga bir yillik ijaraga berishga tayyorliklari xabar qilinmoqda.

Transfermarkt futbolchi transferini 900 ming evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru