"Krasnodar" 13 million evrolik transferni amalga oshiradi

Alisher
25 iyul 2019
"Krasnodar" "Sent-Eten" yarim himoyachisi Remi Kabellaning transferini e'lon qildi.

"Kabella yaqin ikki kun ichida Krasnodarga keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng futbolchi bilan shartnoma imzolanadi", - deyiladi "buqalar" rasmiy saytida.

Oldinroq, krasnodarliklar futbolchi uchun 13 million evrodan ortiq to'lashi ma'lum bo'lgan edi.

29 yoshli Kabella yakunlangan mavsum "Sent-Eten" safida, Fransiya chempionatida 34ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assistga erishgan.

Bundan tashqari, u jamoaning 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fckrasnodar