Angliyaning KPR jamoasi ushbu mavsum avvalida "Yuventus" futbolchisi Maurisio Islani bir yilga ijaraga olgandi.
Ammo futbolchi jamoada o'z o'rnini topib olganicha yo'q. Rednapp Islani xizmatlaridan boshqa foydalanmoqchi emas. Shu sababli, KPR yanvardayoq Islani ortga qaytarib yuborishni istamoqda.