Kovach: "Alabaning jarohati - kunning eng yomon yangiligi"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 08:10
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Ayntraxt" ustidan qozonilgan g'alaba (5:0) haqida fikr bildirdi.

"Jamoani g'alaba va sovrin bilan tabriklayman. Yigitlar 90 daqiqa davomida yaxshi harakat qilishdi. Ular kerak vaqtda gol urishdi. Natija adolatli.

Alabaning jarohati - kunning eng yomon yangiligi. Hozircha shikastlanish darajasi haqila ma'lumotga ega emasmiz. U tizzasiga zarba qabul qilib oldi va bu arzimas shikastlanish deb umid qilamiz. Alaba yaqin vaqt ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Jiddiy narsa yo'q deb umid qilaman" - deydi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de