Koutinoning agenti: "Filippe "Barselona" bilan YCHL sovrinini yutish ishtiyoqida"

Mirjalol Normatov
14 avg 2020, 00:19
"Bavariya" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Barselona" xavbeki Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian mijozining kelajagi haqida gapirdi.

"Ayni damda Koutino YCHLning qolgan o'yinlari haqida o'ylamoqda. U o'zi tegishli bo'lgan klubga qarshi o'ynaydi. Demak, barchasi jiddiy.

U "Barselona"ga qarshi o'ynaydi albatta. Filippe buni sabrsizlik bilan kutmoqda. Menimcha "Bavariya" "Barselona"ning to'sig'idan o'ta oladi.

YCHLda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar biz muzokaralarni boshlaymiz. Balki "Barselona" ushbu natijalarga alohida e'tibor qaratishi ham mumkin.

Filippe APLni yaxshi ko'radi va u erga qaytishni istaydi. Ammo uning transfer summasiga koronavirus borasidagi holat ham ta’sir qilmoqda", - dedi agent. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal