Koutino transferi: "Liverpul" va "Barselona" o'rtasidagi bonus shartlari qanday?

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018, 17:18
"Barselona" 120 mln. evro evaziga "Liverpul"dan Filippe Koutinoni sotib oldi.

Bundan tashqari, ma'lum bir shartlar evaziga Kataloniya klubi "qizillar"ga yana 40 mln. evro bonus o'tkazib berishi mumkin. The Guardian nashri ikki klub o'rtasidagi bonus shartlarini e'lon qildi.

1. Koutino "Barselona"da 25ta uchrashuv o'tkazgani uchun - 5 mln. evro.

2. Kataloniya klubi 5 yil ichida Chempionlar ligasida g'olib bo'lsa - 5 mln. evro.

3. Ko'k-anorranglilar kelasi ikki mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritsa - 10 mln. evro.

4. Koutino "Barselona" futbolkasida 100ta uchrashuv o'tkazsa - 20 mln. evro.

Kataloniya klubi hamda braziliyalik o'rtasidagi shartnoma 5,5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia