Koutino: "Suares - killer, Jerrard - kumir, Neymar tez orada "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi"

Aslanov Jasurbek
28 noya 2017, 18:14
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino Luis Suares, Stiven Jerrard va Neymar haqida intervyu berdi.

"Suaresni killer deb atayman. Top-futbolchi. U xato qilmaydi. Agar unda vaziyat bo'lsa, gol bilan yakunlanadi. Men ko'plab yaxish hujumchilar bilan o'ynaganman, ammo aynan Suares vaziyatlardan foydalanish bo'yicha eng yaxshisi.

Stivi Ji - men birga o'ynagan eng yaxshi yarim himoyachi. Undan ko'p narsani o'rganganman. O'z vaqtida Braziliyada uni olib PlayStation o'ynaganman. U kumirim edi va hayotda o'ylaganimdan ham kuchliroq ekan. Haqiqiy sardor va yetakchi.

Neymra? Yaxshi futbolchi! Dunyodagi eng yaxshilardan biri. U bilan birga ko'p to'p tepganmiz, bolaligimizda turli yosh toifalarida terma jamoada o'ynaganmiz. Bir kun kelib u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi, o'sha kun yaqinlashmoqda. Bazida unda fint qilish uchun joy yo'qdek ko'rinadi, biroq uni 5 kishi o'rab turgan bo'lsada, Neymar biror noodatiy harakat qilishga erishadi" - deydi Koutino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo