Koutino qachon safga qaytishi ma'lum

Mirjalol Normatov
10 noya 2020, 22:55
Jarohatidan tiklanishning so'nggi bosqichini yakunlayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino asta-sekin mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.

AS nashrining yozishicha, vinger kelasi haftadan jamoaning umumiy guruhi mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. Ayni damda klub shifokorlari uni 21 noyabr kuni "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan o'yingacha safga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Koutino "Real"ga qarshi o'yinda oyog'idan jarohat olgandi. Shu sababli u "Yuventus", "Alaves", "Dinamo" Kiev hamda "Betis"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborgandi.

Ushbu mavsumda Filippe 6 o'yinda 2 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal