Koutino: "Barselona"da qolamanmi? Bilmayman. Barchasi bo'lishi mumkin"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2019, 23:57
"Barselona" forvardi Filippe Koutino o'z kelajagi borasida hali biror bir qarorga kela olmaganini aytdi.

"Barselona"da qolamanmi yoki yo'q, buni bilmayman. Barchasi bo'lishi mumkin. Hech kim kelajakni oldindan ayta olmaydi. Hozirda fikrlarim Braziliya termasining o'yinlariga qaratilgan. Bundan chalg'imoqchi emasman", - dedi Koutino

Oldinroq braziliyalik futbolchi PSJ bilan shartnoma imzolashi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca