Koutino APLga qaytishi mumkin

16 noya 2019, 23:08
Ijara asosida "Bavariya" klubi sharafini himoya qilayotgan "Barselona" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi da'vogarlik qilmoqda. U jamoani tark etishi kutilayotgan Kristian Eriksenning o'rnini bosishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Myunxenning "Bavariya" klubida Koutinoni "Barselona"dan 120 million evro evaziga sotib olish huquqi bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: TMW