Kosta: "Doim "Yuventus"da o'ynashni orzu qilardim"

13 iyul 2017, 00:12
"Yuventus"ning yangi a'zosi Duglas Kosta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- "Yuventus" bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Buyuk jamoaning bir bo'lagi bo'lish yoqimli. "Yuventus" ajoyib jamoa, men doim bu jamoada o'ynashni orzu qilardim. Tezroq mashg'ulotlarni boshlashni va yangi jamoadoshlarim bilan ko'rishishni xohlayapman.
"Yuventus"ga yangi marralarni zabt etish uchun ko'maklashmoqchiman. Myunxenda ko'p sovrinlarni yutdim. Lekin o'ylashimcha, bu yerda yanada ko'proq yutuqlarga erishishim mumkin.

"Yuventus" klubi Duglas Kostani "Bavariya"dan sotib olish huquqi bilan 1 yil muddatga ijaraga oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia