Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasiga chalingan yana bir bemor vafot etdi

Tolibjon Qosimov
18 apr 2020, 23:46
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Koronavirus infekciyasiga chalingan bemor bugun bronxopnevmoniya va o'tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi

Shu yilning 7 aprel kuni poytaxtlik, 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o'ng o'pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o'tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so'ng bemorda  “Covid-19” koronavirus infekciyasi ham aniqlangan.  

Shundan so'ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko'p tarmoqli klinikasiga  o'tkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning  standartlar asosida  o'tkazgan tezkor reanimacion muolajalariga qaramasdan bemor bugun  ushbu infekciya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og'ir kechishi, o'tkir nafas yetishmovchiligi va o'pka shishidan vafot etdi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 194 nafarga etdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infekciyasiga chalingan 6 nafar bemor butkul sog'aydi va reabilitaciya markaziga kuzatildi. 

Sog'ayganlardan biri chiroqchilik 83 yoshli onaxon. Yana to'rt nafar Toshkent shahridan - 50, 31 va 30 yoshli erkak hamda 57 yoshli ayol ham kasallikdan forig' bo'ldi. Xorijdan kelgan farg'onalik 35 yoshli bemor ham sog'ayganlar safida.

Shuningdek, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasidan yana 3 nafar bemor (erkak) sog'aygan.

Shunday qilib, bugunning o'zida mamlakatimiz bo'ylab koronavirus infekciyasidan 38 nafar kishi butunlay sog'aydi.

Jami tuzalgan soni  - 194 nafar.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia