Kopa Amerika-2019. Peru Chilidan ustun keldi va final yo'llanmasiga ega chiqdi

4 iyul 2019, 07:29
Kopa Amerika-2019 musobaqasida ikkinchi finalchi nomi aniqlandi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida amaldagi chempion Chili terma jamoasi Peruga qarshi bahs olib bordi. Hisob 21-daqiqada Edison Flores tomonidan ochilgan bo'lsa, 38-daqiqada Viktor Yotun peruliklarning o'yindagi ikkinchi golini urdi. 90-daqiqada esa Xose Gerreyro o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Shu tariqa Peru Chilidan 3:0 hisobida ustun kelib, finalga chiqdi.

Endi final bahsida Braziliya hamda Peru terma jamoalari bahs olib boradi. Chili esa Argentina bilan 3-o'rin uchun kurashadi.

Chili - Peru 0:3

Gollar: 0:1 – 21 Flores, 0:2 – 38 Yotun, 0:3 – 90 Gerrero.

Chili – Aryas, Bosejur, Isla, Maripan (Kastilo, 89), Fuensalida (Sagal, 46), Arangis, Sanches, Pulgar, Vargas, Vidal, Medel.

Peru – Galese, Advinkula, Trauko, Abram, Sambrano, Tapiya, Kueva (Balon, 80), Yotun, Karrilo (Polo, 71), Flores (Gonsales, 50), Gerrero.

Ogohlantirishlar: Advinkula (72), Pulgar (74), Sagal (86).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia